Italiyaga xizmat safari doirasida institutimiz rektori Omonulla Salixov hamda Miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi Oybek Islamovlar L'Aquila San'at akademiyasiga tashrif buyurib, akademiya faoliyati, undagi o'quv jarayoni, shuningdek, mazkur akademiya bilan institutimiz hamkorligida "ItARTS" granti doirasida tashkil etilgan ko'rgazma bilan tanishishdi.
Tashrif davomida mazkur akademiya va institutimiz o'rtasida ko'p yillardan buyon davom etayotgan samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishni ko'zda tutuvchi o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tasviriy va amaliy san'at sohasida jahonda yetakchi o‘rinlarda turuvchi mamlakat bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish hamda ta'lim va ijodiy yo‘nalishdagi zamonaviy tajribalarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan Italiyaga xizmat safari institutimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi!