Tashrif davomida rektor talabalar yashash sharoitlarini bevosita joyiga chiqib o‘rgandi hamda ular bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Suhbat jarayonida talabalarning fikr-mulohazalari, takliflari va mavjud muammolari tinglandi. Shuningdek, ijarada istiqomat qilayotgan talabalar uchun institut tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish yuzasidan batafsil tushuntirishlar hamda amaliy tavsiyalar berildi.
Tashrif doirasida mas’ul xodimlar tomonidan talabalarning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan profilaktik tushuntirish ishlari ham olib borildi. Xususan, tabiiy gaz va elektr energiyasidan xavfsiz va tejamkor foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish choralariga qat’iy rioya etish, shuningdek, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur tashrif talabalar turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish hamda xavfsiz yashash muhitini ta’minlashga qaratilgan muhim amaliy qadam bo‘ldi.