Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “Ilmdan biznesgacha” mavzusidagi seminar-trening tashkil etilib, unda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan faol talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni o‘tkazilgan yoshlar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Yoshlar kuni doirasida tashkil etilib, yoshlarning ta’lim, startap va tadbirkorlik yo‘nalishidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag'ishlandi.
Seminar-treningda institutimiz talabalari ham ishtirok etib, unda innovatsion loyihalar tahlili, startap g‘oyalarining mazmun-mohiyati hamda ularni tijoratlashtirish yo‘llari yuzasidan mutaxassislar tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi. Qizg‘in davra suhbati shaklida tashkil etilgan muloqotda talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olib, amaliy tavsiyalarga ega bo'ldilar.
Bu kabi tadbirlarninig keng miqyosda tashkil etilishi yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va innovatsion fikrlashni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.