Stipendiya tanlovining saralash jarayonida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar, ilmiy izlanishlar va loyihalar belgilangan mezonlar asosida chuqur tahlil qilindi. Tanlovning shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida tajribali mutaxassislardan iborat komissiya tarkibi shakllantirildi.
Mazkur stipendiya institutimizning iqtidorli talaba qizlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda kelgusida yetuk mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida e’tirof etildi.