Milliy qadriyat va an’analarni keng targ‘ib etish maqsadida, bugun institutimizning talabalar turar joyida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan "Navro'zni ulug'lash - insonni ulug'lash" shiori ostida Milliy qadriyatlar festivali tashkil etilib, unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Nuridinov Akmal Vaxobjonovich, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Abidjanova Feruza  Abdullayevna, institut rahbariyati va xodimlari,  xorijiy mehmonlar hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida turli madaniy chiqishlar, milliy o‘yinlar va badiiy dasturlar tashkil etilib, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yurtimiz hududlarining o'ziga xosligini aks ettiruvchi "Milliy urf-odatlar" pavilyonlari va "Milliy taomlar" tanlovi, shuningdek, "Kelin salom", "Yor-yor" kabi an'anaviy sahna chiqishlari tashkil etildi. 

Shu bilan birga, festival davomida  Navro'zning muhim urf-odati hisoblangan "Sumalak sayli" ham tashkil etildi. Sumalak saylida talaba-yoshlar faol qatnashib, Sumalak qozoni atrofida qadimiy an'analar elementi bo'lgan – qo‘shiq va laparlar ijro etishdi. Tadbirga tashrif buyurgan O'zbekiston Badiiy akademiyasi va institutimiz rahbariyati hamda mehmonlar ham Sumalak qaynatish jarayonida bevosita ishtirok etib, mazkur tadbirlar milliy madaniyatning uzviy davomiyligini namoyon etuvchi muhim omil sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida osh tayyorlanib, mehmonlar va barcha talabalarga tortiq etildi. Ayniqsa yurtimizning barcha hududlari madaniy rang-barangligini aks ettirish maqsadida 14 ta hududning xos milliy taomlari va liboslari ko'rgazmasi tayyorlanganligi hududiy an’analar va gastronomik merosning xilma-xilligini keng yoritib berdi hamda talaba-yoshlar orasida milliy birlik va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini mustahkamladi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, milliy o‘zlikni anglash hissini mustahkamlash hamda jamoaviy muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

 

5363855614141995215_121.jpg

5363855614141995216_121.jpg

 

 

5363855614141995217_121.jpg

5363855614141995218_121.jpg

5363855614141995219_121.jpg

5363855614141995220_121.jpg

5363855614141995221_121.jpg

5363855614141995222_121.jpg

5363855614141995223_121.jpg

5363855614141995224_121.jpg

5363855614141995229_121.jpg

5363855614141995230_121.jpg

5363855614141995234_121.jpg

5363855614141995237_121.jpg

5363855614141995240_121.jpg

5363855614141995242_121.jpg

5363855614141995244_121.jpg

5363855614141995250_121.jpg

5363855614141995251_121.jpg

5363855614141995252_121.jpg

5363855614141995253_121.jpg

5363855614141995254_121.jpg

5363855614141995255_121.jpg

5363855614141995256_121.jpg