Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo'lib turgan talabalarimiz safarning 2-kunida Moʻynoq tumanidagi "Kemalar qabristoni" yodgorligida plenerda bo'lishdi.
Plener davomida talaba-yoshlar tarixiy makonning o‘ziga xos muhitidan ilhomlanib, tabiat va inson taqdiri o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasvirlashga harakat qildilar. Orol dengizi fojeasi izlari aks etgan ushbu hudud ijodkorlar uchun nafaqat tasviriy obyekt, balki chuqur falsafiy mushohada manbaiga aylandi.
Mazkur jarayon plener ishtirokchilariga ochiq osmon ostida ishlash, real muhitni bevosita kuzatish va o‘z badiiy mahoratini oshirish imkonini berdi. Bunday amaliy mashg‘ulotlar yosh ijodkorlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni milliy hamda global muammolarga befarq bo‘lmaslik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.