Mazkur tashrif yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda badiiy ta’limi tizimidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ta'lim jarayonida uzviylikni ta'minlash maqsadida o‘tkazilib, tashrif doirasida institut Registrator ofisi Ma'lumotlar bazasi bo'limi boshlig'i Javlon Akkulov mazkur maktab-internat faoliyati bilan tanishdi. 

Shu bilan birga iqtidorli talabalarimiz tomonidan maktab-internat o'quvchilari uchun mahorat darsi o'tkazilib, unda talabalar o'quvchi yoshlarga o‘zlarining amaliy ko‘nikma va tajribalarini o'rtoqlashishdi hamda rasm chizish texnikalari, kompozitsiya, rangtasvir va dizayn yo‘nalishlarida qimmatli tavsiyalarini berdilar.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, institutda yaratilgan shart-sharoitlar hamda talabalik hayoti haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bu esa yoshlarning kelajakda oliy ta’lim yo‘nalishini tanlashida muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qildi.

Uchrashuv mobaynida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga ham talabalarimiz tomonidan atroflicha javob berilib, samimiy va ochiq muloqot muhiti yaratildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday amaliy uchrashuvlar yoshlar uchun katta motivatsiya manbai ekanini ta’kidladilar.

5354986291927390434_121.jpg

5354986291927390435_121.jpg

5354986291927390436_121.jpg

5354986291927390437_121.jpg

5354986291927390438_121.jpg

5354986291927390439_121.jpg

5354986291927390440_121.jpg

5354986291927390442_121.jpg

5354986291927390443_121.jpg