Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safari doirasida talabalarimiz Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati oʻquvchilari bilan birgalikda Mo'ynoq tumanida joylashgan "Moʻynoq ekologiya" hamda "Orol dengizi tarixi" muzeylariga ekskursiya uyushtirishdi.
Ekskursiya davomida ular Orol dengizining ekologik fojiasi, uning tarixiy o‘zgarishlari hamda bugungi kundagi holati bilan yaqindan tanishdilar. Muzey eksponatlari orqali hududning o‘tmishi va buguni haqida chuqur tasavvur hosil qilindi.
Mazkur tashrif talaba yoshlarning ekologik ongini oshirish, tarixiy bilimlarini mustahkamlash va ijodiy qarashlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.