Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo'lib turgan talabalarimiz bugun Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o'quvchilari bilan birgalikda Kegeyli tumanida ekologik tashabbus qilib, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekishdi.

Mazkur tashabbus yoshlar qalbida tabiatga mehr va mas’uliyat hissini yanada mustahkamlashga xizmat qilib, talabalar tomonidan ekilgan ko‘chatlar kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga qo‘shilgan munosib hissa bo‘ldi. Jarayon davomida ishtirokchilar nafaqat amaliy ish bilan shug‘ullandilar, balki atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirishning ahamiyati haqida ham fikr almashdilar.

Ta’kidlash joizki, bunday tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish bilan birga, ularni tabiatga e’tiborli bo‘lishga undaydi. Bu orqali esa san’at va ekologiya uyg‘unlashgan holda, jamiyatda barqaror rivojlanish g‘oyalari keng targ‘ib etilmoqda. 

Shuningdek, mazkur aksiya — nafaqat bugun uchun, balki ertangi kun uchun yashil poydevor yaratishga qaratilgan muhim qadamdir.

5363925896986825476_121.jpg

5363925896986825477_121.jpg

5363925896986825478_121.jpg

5363925896986825479_121.jpg