Bugun erta tongdan institutimiz talabalari "Yangi O'zbekiston bog'i"da tashkil etilgan "Talaba-Yugur" ommaviy yugurish musobaqasida faol ishtirok etdi.
Ommaviy yugurish jarayonida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, matonati va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etib, bahslarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdilar.
Mazkur musobaqa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.