Tadbirda institutimiz Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Salomat Isaqulova, Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, huquqbuzarliklar prafilaktikasi bo'limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik Sevara Baxmedova hamda Mirobod tumani Voyaga yetmaganlar va yoshlar profilaktikasini tashkil etish guruhi inspektori, leytenant Nigora Jumayevalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, jabrlangan shaxslarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari hamda "Himoya orderi"ning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy javoblar olishdi.