Bugun institutimizga faxriy senator, Pedagogika fanlari nomzodi, professor
Farida Abduraximova tashrif buyurib, institutimiz talaba-yoshlari bilan “Oila — ezgulik, mehr va qadriyatlar beshigi” mavzusidagi uchrashuvda ishtirok etdi.
Muloqot davomida mehmon milliy va zamonaviy oila modelining o‘ziga xos xususiyatlari, xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rni, farzand tarbiyasida mehr va mas’uliyatning ahamiyati haqida o‘zining hayotiy va ilmiy tajribalari haqida so'zlab berdi.
Shuningdek, bugungi davrda mustahkam oila barpo etishda yoshlarning ma’naviy va huquqiy savodxonligini oshirish muhim omil ekani ta’kidlandi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lajak ijodkor yoshlarning nafaqat kasbiy, balki yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lib yetishishida, ularning mustahkam hayotiy pozitsiyasini shakllantirishda hamda kelajakda oila qurishda muhim poydevor bo‘ladi.