Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safari doirasida talabalarimiz bugun Taxtako‘pir tumani Dauqara qishlog‘i hududida, Borshitau manzarali maskanida joylashgan "Karateren" etno-turistik majmuasi hududida plener tashkil etishdi.

Bugungi ijodiy safar yosh rassomlar uchun nafaqat amaliy tajriba, balki ilhom manbai ham bo‘ldi. Atrofdagi tabiiy landshaft, milliy me’moriy unsurlar va etnografik muhit talabalarning badiiy qarashlarini yanada boyitdi. Plener davomida ishtirokchilar rangtasvir va grafika yo‘nalishlarida turli kompozitsiyalar ustida ishladilar, tabiat va inson uyg‘unligini o‘z asarlarida aks ettirdilar. 

Bu kabi tashabbuslar talabalarning professional rivojlanishida muhim o‘rin tutib, ularni real muhitda ijod qilishga undaydi. Shu bilan birga, yurtimizning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va milliy qadriyatlarni san’at orqali ifodalashga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, mazkur plenerlar davomida yaratilgan ijodiy ishlar kelgusida ko‘rgazmalarda namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

 

5362024506374952630_121.jpg

5362024506374952633_121.jpg

5362024506374952634_121.jpg

5362024506374952635_121.jpg

5362024506374952637_121.jpg

5362024506374952638_121.jpg

5362024506374952639_121.jpg

5362024506374952641_121.jpg

5362024506374952642_121.jpg