Institutimizning "Tasviriy san'at" fakulteti 1-bosqich talabalari bahorning birinchi kunida Toshkent viloyati  hududida joylashgan tog'larda o'zlarining ilk plenerida ishtirok etishdi. Mazkur jarayon talabalarning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida, fakultet dekanati, tyutorlar va professor-o'qituvchilar nazoratida tashkil etildi.

Plener erta tongdan quyosh botgunga qadar davom etib, unda talabalar  jonli tabiat muhitida mo'yqalamlari orqali bahor tabiatini o'z ijodiy ishlarida ifoda etishga muvaffaq bo'ldilar. Shuningdek, talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar jamlanib, pelener davomida tog' turistlari uchun kichik ko'rgazma ham tashkil etildi.

Talaba yoshlar uchun bu kabi plenerlarning tashkil etilishi, ularning iste'dodini keng namoyon etish hamda taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashning yorqin ifodasidir.

photo_2026-03-02_16-43-04.jpg

photo_2026-03-02_16-43-04 (2).jpg

photo_2026-03-02_16-43-04 (3).jpg

photo_2026-03-02_16-43-05.jpg

photo_2026-03-02_16-43-05 (2).jpg

photo_2026-03-02_16-43-05 (3).jpg

photo_2026-03-02_16-43-05 (4).jpg

photo_2026-03-02_16-43-05 (5).jpg

photo_2026-03-02_16-43-05 (6).jpg