2026-yil Bahorgi semestri doirasida institutimizning San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti, "Menejment (art menejment va galereya ishi)" yo’nalishi 3-bosqich talabasi Baxtiyorov Diyorjon Yevropa Ittifoqining Erasmus + grant dasturi doirasida Ruminiya davlati, Kluj-Napoka shahrining Kluj-Napoka san'at va dizayn universitetida, "Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiya va ta’mirlash)” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Asayeva Sayida Koreyaning Keimyung universitetida talabalar mobilligi asosida tahsil olmoqda.
Baxtiyorov Diyorjon xalqaro o‘quv dasturi doirasida Ruminiyaning Transilvaniya tarixi milliy muzeyiga tashrif buyurib, noyob eksponatlar va hududning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, u Kluj-Napoka san'at va dizayn universitetining Konservatsiya va restavratsiya kafedrasida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Asayeva Sayida esa ushbu dastur doirasida o'zining Muzeyshunoslik yo'nalishidagi bilimlarini chuqurlashtirmoqda.
Shuningdek, u san’at sohasidagi fanlarni ingliz tilida o‘zlashtirib, Organizational Behavior (Tashkilot xulq-atvori), Visual Communication (Vizual kommunikatsiya) va boshqa san’atga oid kurslarini ham o'rganib bormoqda.
Mazkur jarayon orqali talabalarimiz san’at asarlarini va muzey predmetlarini asrab-avaylash, ularning asl holatini tiklash va zamonaviy konservatsiyalashning xalqaro texnologiyalari bo‘yicha fundamental bilim hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda.