Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida ta'lim jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash maqsadida, institutimizning “Libos dizayni” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan zamonaviy moda san’ati, an’anaviy badiiy tafakkur va raqamli texnologiyalar uyg‘unligida yaratilgan “MODA 4.0: Eskiz. Shakl. Raqamli dizayn” nomli liboslar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada institutimiz va Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi rahbariyati, o'qituvchilar, talaba va o'quvchilar ishtirok etib,  unda libos dizaynining turli bosqichlarini aks ettiruvchi ijodiy ishlar — qo‘lda ishlangan eskizlar, konstruktiv shakl izlanishlari hamda zamonaviy grafik dasturlar asosida yaratilgan raqamli moda loyihalari keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Mazkur loyiha yosh dizaynerlarning kreativ fikrlashini rivojlantirish, moda dizayni ta’limida innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy dizayn an’analarini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi.

5299040803843938694_121.jpg

5299040803843938695_121.jpg

5299040803843938696_121.jpg

5299040803843938697_121.jpg

5299040803843938698_121.jpg

5299040803843938699_121.jpg

5299040803843938700_121.jpg

5299040803843938701_121.jpg

5299040803843938702_121.jpg