O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-fevral kuni  yoshlar bilan ochiq muloqotida bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun institutimizga  O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi raisi o'rinbosari Jamshid Fayziyev tashrif buyurdi hamda institutda talaba yoshlarning sport bilan shug'ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Tashrif davomida Jamshid Fayziyev hamda institutimiz rahbariyati ishtirokida rasmiy uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv doirasida Federatsiya bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yoshlarning sport bilan shug'ullanishi va bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishi uchun sharoitlarni kengaytirish masalalari muhokama qilinib, hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning imzolanishi institutimiz talabalarining sport bilan shug'ullanishi hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun muhim qadamlardan biri bo'ldi.

photo_2026-03-11_18-19-34.jpg

photo_2026-03-11_18-19-38.jpg

photo_2026-03-11_18-19-41.jpg

photo_2026-03-11_18-19-45.jpg

photo_2026-03-11_18-19-53.jpg

photo_2026-03-11_18-20-00.jpg