Institutimizda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan sport tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday tashabbuslarning amaliy ifodasi sifatida institutimiz xodimlaridan tashkil topgan futbol jamoasi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi kubogi” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli III o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu futbol musoboqasida O'zbekiston Badiiy akademiyasi hamda institutimiz rahbariyati ishtirok etib, tomoshabinlar qatorida futbol o'yinlarini kuzatib bordilar.
Mazkur musobaqa ishtirokchilar uchun o‘zlarining sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoa sifatida bir maqsad yo‘lida harakat qilish qobiliyatini namoyon etish imkonini berdi. Maydondagi murosasiz kurash, o‘zaro hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilish futbol jamoalarining musobaqadagi ishtirokiga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi.
Institut xodimlarining ushbu natijaga erishgani institutimizda sportga bo‘lgan qiziqish va sog‘lom turmush tarziga intilishning yorqin namunasidir. Bunday musobaqalar xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish hamda jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.