Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida institut jamoasi hozirda mehnat faoliyatini davom ettirayotgan, shuningdek, uzoq yillar institutimizda fidokorona mehnat qilgan va hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy o‘qituvchilar, yoshi ulug‘ ustozlar va xodimlar holidan xabar oldi.
Ustozlarimiz xonadoniga tashrif buyurgan xodimlar ular bilan iliq suhbat qurishdi hamda ularga institut rahbariyati tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda ustozlarga hurmat, mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga, shuningdek, talabalar qalbida qadriyatli odob va e’tibor ruhini shakllantirishga xizmat qilmoqda.