EN Joriy yilning 13–14-mart kunlari Respublika bo‘ylab o‘tkazilishi belgilangan umumxalq hasharida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ham faollik ko‘rsatishmoqda.

Bugun erta tongdan institut jamoasi tomonidan o‘quv binolari, talabalar turar joylari va ularning atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi hamda o‘quv auditoriyalari tartibga keltirildi. Shuningdek, institut hududi, hovlisi va yashil maydonlar tozalanib, daraxt hamda manzarali o‘simliklar parvarish qilindi.

Mazkur hashar jamoaviy mehnat madaniyatini rivojlantirish, yoshlar ongida ekologik mas’uliyat va ijtimoiy faollikni shakllantirish bilan birga, institut hududining yanada ozoda, obod va estetik jihatdan jozibador bo‘lishiga xizmat qildi.

5310287493536093110_121.jpg

5310287493536093111_121.jpg

5310287493536093112_121.jpg

5310287493536093113_121.jpg

5310287493536093114_121.jpg

5310287493536093115_121.jpg

5310287493536093116_121.jpg

5310287493536093117_121.jpg

5310287493536093118_121.jpg

5310287493536093122_121.jpg

5310287493536093123_121.jpg

5310287493536093124_121.jpg

5310287493536093125_121.jpg

5310287493536093127_121.jpg

5310287493536093129_121.jpg

5310287493536093128_121.jpg

5310287493536093131_121.jpg

5310287493536093132_121.jpg