Majlis avvalida an'anaga muvofiq, yaqin kunlarda ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilarga guvohnomalarini topshirish marosimi tashkil etildi.
Shundan so‘ng Fevral oyi Institut Kengash majlisi kun tartibi doirasida:
Kafedralarda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarning egallab turgan lavozimlardagi 5 yillik muddati tugaganligi sababli boʻsh oʻrinlarga tanlov oʻtkazish;
Institut professor-oʻqituvchilarning nomzodlarini dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etish;
Institut professor-oʻqituvchilari tomonidan ish rejalarining bajarilishi, oʻquv yuklamalari “Vaqt meʼyorlari” asosida amalga oshirilayotganligi holati;
Institutda tashkil etilgan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklarining Oʻquv-ijodiy ustaxona faoliyatlari;
Kafedralarda mustaqil ta'limning tashkil etilganlik holati;
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarni nashrga tavsiya etish;
Institutning "Axborotnoma" ilmiy-amaliy jurnali hamda "Art and Soscial Science" nomli ilmiy jurnali faoliyati;
"Eng yaxshi kitobxon" ko'rik-tanlovi va "Ilhom" mukofoti tanlovi natijalari hamda shu kabi turli muhim masalalar ko‘rib chiqildi.