Majlis avvalida institut rektori Omonulla Salixov  2026-yil 1-choragida institutda amalga oshirilgan ishlar bo'yicha Kengash a'zolariga hisobot berdi hamda  an'anaga muvofiq, yaqin kunlarda ilmiy  unvon  olgan professor-o‘qituvchilarga guvohnomalarini topshirish marosimi tashkil etildi.

Shundan so‘ng Mart oyi Institut Kengash majlisi kun tartibi doirasida:

  1. Kafedralarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning egallab turgan lavozimlaridagi 5 yillik muddati tugaganligi sababli bo‘sh o‘rinlarga tanlov o‘tkazish;
  2. Institut professor-oʻqituvchilarning nomzodlarini dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etish; 
  3. Fakultetlar kesimida Ichki attestatsiya komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijalari;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi buyruqlari hamda institut Kengashining qarorlarining bajarilish holati;
  5. Mutaxassislik kafedralari tomonidan ish rejalari asosida joriy o‘quv yilida biriktirilgan ixtisoslashtirilgan maktablar bilan amalga oshirilgan ishlar;
  6. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarni nashrga tavsiya etish;
  7. Institutning Shamsiro‘y Hasanova nomli stipendiyasiga iqtidorli talaba-qizlarning nomzodlarini tavsiya etish;
  8. Magistratura bosqichi talabalarining magistrlik dissertatsiyalarining bajarilishi bo‘yicha monitoring ishlari;
  9. Yoshlar akademiyasi liderlari faoliyati;
  10. Xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyati;
  11. Talabalar turar joyida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar;
  12. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan Tasviriy va amaliy san’at festivaliga tayyorgarlik ko‘rish hamda shu kabi  turli muhim  masalalar ko‘rib chiqildi.

5359772706561266049_121.jpg

5359772706561266050_121.jpg

5359772706561266051_121.jpg

5359772706561266052_121.jpg

5359772706561266053_121.jpg

5359772706561266054_121.jpg

5359772706561266056_121.jpg

5359772706561266055_121.jpg

5359772706561266058_121.jpg

5359772706561266038_121.jpg

5359772706561266039_121.jpg

5359772706561266040_121.jpg

5359772706561266041_121.jpg

5359772706561266042_121.jpg

5359772706561266043_121.jpg

5359772706561266044_121.jpg

5359772706561266045_121.jpg

5359772706561266046_121.jpg

5359772706561266047_121.jpg