Majlis avvalida an'anaga muvofiq, institut rektori Omonulla Salixov tomonidan yaqin kunlarda ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarga guvohnomalarini topshirish marosimi ham tashkil etildi.
Shundan so‘ng Yanvar oyi Institut Kengash majlisi kun tartibi doirasida:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 824-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida institutda joriy etilgan kredit-modul tizimi;
Institutning 2025-yil uchun ishlab chiqilgan Istiqbol rejasining bajarilish holati;
Institutning Yosh olimlar va ijodkorlar Kengashi faoliyati;
Talabalar amaliyotini kadrlar buyurtmachilar obyektlarida tashkil etish, tegishli tashkilot va korxonalar bilan shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
Innovatsion rivojlanish agentligining xalqaro qo‘shma tashabbuskor loyihalar tanloviga institut tomonidan loyiha taqdim etish;
Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, korrupsiya, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida institutda amalga oshirib kelinayotgan targʻibot tadbirlari holati;
Institutda 2026-yil davomida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish, talabalar oʻrtasida turli tanlovlarni oʻtkazish, ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida ishlab chiqilgan yillik rejani tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentyabrdagi "Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 797-sonli qarori ijrosi hamda shu kabi turli muhim masalalar ko‘rib chiqildi.