Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat, ona tiliga ehtirom va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan.

Tadbirlar dasturidan quyidagi loyihalar va musobaqalar o‘rin olgan:

  • 13-oktabr — “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida fakultetlararo stritbol musobaqasi tashkil etiladi. Musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
  • 14-oktabr — “Boqiysan, iftixorimsan — Ona tilim” shiori ostida videoroliklar chellenjiga start beriladi. Ushbu tashabbus orqali ona tilimizning boyligi, jozibasi va milliy o‘zligimizni ifodalovchi jihatlarini keng targ‘ib etish ko‘zda tutilgan.
  • 15-oktabr — “Boqiysan, iftixorimsan — Ona tilim” shiori ostida xodimlar o'rtasida umummilliy diktant loyihasi o‘tkaziladi. Loyiha ishtirokchilarning savodxonligini oshirish, o‘zbek tilining imlo qoidalariga rioya etish va ona tiliga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashga qaratilgan.
  • 16-oktabr — “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Tadbirlar yoshlarning bilim va tafakkurini boyitish, ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash hamda kitobxonlik va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
  • 17-oktabr — institut xodimlari o‘rtasida voleybol sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqadan ko‘zlangan maqsad jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida hamjihatlikni kuchaytirish va jismoniy faollikni rag‘batlantirishdan iborat.
  • 21-oktabr — 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Boqiysan, iftixorimsan — Ona tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. 

Rejalashtirilgan tadbirlar institutda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, talaba-yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, sport va ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ona tilimizga bo‘lgan ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirlarga institut rahbaryati tomonidan o'zgartirishlar kirgazilishi mumkin!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi