Suhbatlar quyidagi ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha tashkil etildi:
17.00.05 — Dizayn nazariyasi va tarixi;
17.00.04 — Tasviriy va amaliy bezak san’ati;
17.00.08 — San’at nazariyasi va tarixi;
17.00.06 — Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash.
Jarayon ochiq va shaffof muhitda o‘tkazildi. Har bir nomzod o‘z ilmiy salohiyatini to‘liq namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Suhbatlar nafaqat talabgorlarning tayyorgarlik darajasini baholash, balki ularning kelgusi ilmiy izlanishlarini aniq va samarali yo‘naltirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Suhbat jarayonida ZOOM platformasi orqali Xitoy Xalq Respublikasidan ham Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar ishtirok etishdi.
Mazkur jarayon xorijiy talabgorlar uchun institutda ilmiy-tadqiqot olib borish imkoniyatlarini kengaytirish, institutning xalqaro nufuzini oshirish hamda ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.