O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari o'rtasida o'tkazilishi belgilangan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining 1-bosqichi — fakultetlar o‘rtasidagi saralash bosqichi institutimizda yuqori darajada o‘tkazildi.
Unda Tasviriy san’at, Dizayn hamda San’atshunoslik va amaliy san’at fakultetlari jamoalari ishtirok etib, jismoniy tayyorgarlik, chaqqonlik, tezkorlik va jamoaviylik bo‘yicha bellashdilar.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni — Dizayn fakulteti;
2-o‘rinni — San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti;
3-o‘rinni — Tasviriy san’at fakulteti jamoalari egallashdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, 1-o‘rinni egallagan jamoa musobaqaning keyingi hududiy bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismonan chiniqtirish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.