Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida institutimizda “Bir oyda uch kitob” loyihasi tashkil etildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan qaror va farmonlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda. Tanlov doirasida ishtirokchilar bir oy davomida kamida uchta badiiy kitoblarni mutolaa qilib, ular yuzasidan tahliliy fikr-mulohazalarini taqdim etdilar.

Tanlov jarayonida talabalar o‘qigan kitoblari asosida  taqdimot, og‘zaki chiqishlar va ijodiy yondashuvlar orqali o‘z bilim va dunyoqarashlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan mazmun, tahliliy yondashuv, nutq madaniyati va ijodkorlik mezonlari asosida baholandi.

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi vakillari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etib, tanlovning ahamiyati, kitob mutolaasining shaxs kamolotidagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

"Ta’kidlash joizki, bugungi globallashuv sharoitda kitob — bilim, tafakkur va ma’naviyatning eng muhim manbai bo‘lib, yoshlarning mustaqil fikrlashi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi" - dedi hakamlar hay'ati raisi Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Yunusov  Ravshan Alimjanovich. Tanlov yakunlariga ko‘ra:

1-o'rinni: San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti 1-kurs talabasi Bo‘riyeva Dilnoza;  
2-o'rinni: San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti  magistranti Akbaraliyeva Maftuna; 
3-o'rinni: Tasviriy san'at fakulteti 3-kurs talabasi Choriyev Azimjonlar qo‘lga kiritishib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur tanlov institutda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish, talabalarni mutolaa qilishga rag‘batlantirish hamda ularning ma’naviy saviyasini oshirishga xizmat qiluvchi muhim loyihalardan biri sifatida e’tirof etildi.

photo_2026-01-23_19-09-21 (2).jpg

photo_2026-01-23_19-09-21 (3).jpg

photo_2026-01-23_19-09-21 (4).jpg

photo_2026-01-23_19-09-21 (5).jpg

photo_2026-01-23_19-09-21 (6).jpg

photo_2026-01-23_19-09-21 (7).jpg

photo_2026-01-23_19-09-21 (8).jpg

photo_2026-01-23_19-09-22.jpg

photo_2026-01-23_19-09-22 (2).jpg