Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida institutimizda “Bir oyda uch kitob” loyihasi tashkil etildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan qaror va farmonlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda. Tanlov doirasida ishtirokchilar bir oy davomida kamida uchta badiiy kitoblarni mutolaa qilib, ular yuzasidan tahliliy fikr-mulohazalarini taqdim etdilar.
Tanlov jarayonida institut talabalari faol ishtirok etib, belgilangan kitoblar asosida bilim va fikrlash salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti 1-kurs talabasi Jo'raqulov Bahodir
2-o‘rin — San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti 1-kurs talabasi Bo'riyeva Dilnoza
3-o‘rin — San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti 1-kurs talabasi Sunnatova Sevinchlar
g'oliblikni qo‘lga kiritishib, pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
”Bir oyda uch kitob” tanlovi talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa orqali bilim va tafakkurini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.