Uchrashuvda Chjetszyan universiteti San’at va arxeologiya instituti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Chen Xun boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar hamda institutimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, t.f.d., dotsent Qurbonova Dilafruz Abdurashidovna, Muzeyshunoslik kafedrasi mudiri Latofat Jabbarova, Professor-o‘qituvchilar Shahlo Abdullayeva, Zuhra Dosmetova, Xurshida Xayitboboyevalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad oliygohlar o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolash orqali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va istiqbolli yo’nalishlarni belgilab olishdir.
Onlayn uchrashuv davomida San’atshunoslik, Muzeyshunoslik, Arxeologiya, Dizayn kabi yo’nalishlar muhokama qilindi. Shuningdek Ilmiy-tadqiqotlar olib borish, Tajriba almashish, Qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, Akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish borasida kelishuvlarga erishildi.
Mazkur onlayn uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi bilan ahamiyatlidir.