Bugun institutimizning tayanch doktarant va mustaqil izlanuvchilari uchun Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Dilafruz Qurbonova hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig‘i Dildora Yulchiyevalar tomonidan ilmiy seminar o‘tkazilib, unda Ilmiy maqola yozish qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori va unga muvofiq tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomi asosida izlanuvchilar ilmiy faoliyatini tashkil etish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Seminarda ilmiy tadqiqotlarning asosiy xususiyatlari — obyektivlik, ishonchlilik va aniqlik, ilmiy izlanishning nazariy va tajriba qismlari, shuningdek fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar haqida tushunchalar berildi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash, uning dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyati, ilmiy maqola yozish tartibi hamda talablari batafsil tushuntirildi. Mashg‘ulot yakunida esa, izlanuvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.