Bugun institutimizga Toshkentdagi Fransiya elchixonasi huzuridagi “Campus France” vakolatxonasi rahbari Alisa Mot hamda elchixona xodimlari tashrif buyurib, instutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Dilafruz Qurbonova moderatorligida talabalar bilan "Fransiyada o’qish imkoniyatlari va ajratiladigan grantlar" mavzusida davra suhbati tashkil etishdi.
Tadbir davomida Alisa Mot talabalarga Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayonlari hamda mavjud grant dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Fransiya oliy ta’lim tizimi, universitetlarga qabul talablari va talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ham tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. Xususan, hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash, til sertifikatlari talablari va grant imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo'lishdi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning xorijda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini aniq belgilab olishiga ko‘maklashish hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.