Ochiq muloqot davomida institut  Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov, O’quv ishlar bo’yicha prorektor Jamshid Rashidov  va Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaqorlashtirish bo’yicha rektor maslahatchisi Xasan Djurayevlar tomonidan talabalarning o‘quv jarayoni, ijodiy faoliyati, amaliyot masalalari, ilmiy va innovatsion loyihalarda ishtiroki, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhitga oid savollariga atroflicha javoblar berildi. Talabalar uchrashuvda o‘zlarining  taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Uchrashuv samimiy va ko'tarinki ruhda o‘tib, unda bildirilgan takliflar institut faoliyatini yanada rivojlantirish, talabalar uchun qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Rahbariyat tomonidan talabalar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi qayd etildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar institutda talaba-yoshlar bilan ishlash tizimini mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda ochiq va shaffof boshqaruv tamoyillarini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

5235948034913408360_121.jpg

5235948034913408361_121.jpg

5235948034913408362_121.jpg

5235948034913408363_121.jpg

5235948034913408364_121.jpg

5235948034913408365_121.jpg

5235948034913408366_121.jpg

5235948034913408367_121.jpg

5235948034913408367_121.jpg

5235948034913408368_121.jpg