Ochiq muloqot davomida institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Ravshan Yunusov, O’quv ishlar bo’yicha prorektor Jamshid Rashidov, Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaqorlashtirish bo’yicha rektor maslahatchisi Xasan Djurayev, Tasviriy san'at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazov hamda institut profilaktika inspektori Jasur Mambetovlar tomonidan talabalarning o‘quv jarayoni, ijodiy faoliyati, amaliyot masalalari, ilmiy va innovatsion loyihalarda ishtiroki, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhitga oid savollariga atroflicha javoblar berildi. Talabalar uchrashuvda o‘zlarining taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Uchrashuv samimiy va ko'tarinki ruhda o‘tib, unda bildirilgan takliflar institut faoliyatini yanada rivojlantirish, talabalar uchun qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Rahbariyat tomonidan talabalar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi qayd etildi.
Bu kabi ochiq muloqotlar institutda talaba-yoshlar bilan ishlash tizimini mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda ochiq va shaffof boshqaruv tamoyillarini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.