2026-yil fevral–mart oylari davomida institutimizda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda qator ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur reja doirasida bugun institutimizda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar ongida ma’rifat va bilimning ahamiyatini yanada mustahkamlash, ularni turli yot g‘oyalar va jaholatdan asrash, shuningdek, jamiyatda inson qadri va huquqlarining ustuvorligi haqida tushunchalarni keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda O'zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi Arab tili va adabiyoti “Al-Azhar” kafedrasi dotsenti, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shukurov Yorqin Alidjanovich ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Yorqin Alidjanovich o‘z nutqida yoshlarni ilm-ma’rifatga intilish, mustaqil fikrlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan atroflicha javoblar oldilar. Uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.