Bugun institutimizda kiberxavfsizlikka qarshi kurashish hamda uning profilaktikasini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar va institut jamoasi o‘rtasida raqamli axborot muhitida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, kiberxavflarning oldini olish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Mamatov Azizbek Muxitdinovich so‘zga chiqib, bugungi globallashuv va raqamlashtirish jarayonida kiberxavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. U o‘z ma’ruzasida raqamli axborot muhitida kiberxavfsizlikni ta’minlashning nazariy asoslari, zamonaviy kiber tahdidlarning turlari va ularning tahlili, shuningdek, ushbu tahdidlarga qarshi kurashishda profilaktik chora-tadbirlarning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbir jarayonida axborot resurslaridan oqilona va mas’uliyat bilan foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, internet tarmoqlarida xavfsiz xulq-atvor qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga zararli dasturlar, soxta havolalar hamda ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan kiberfiribgarlik holatlaridan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Profilaktik tadbir ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, savol-javoblar va muhokamalar orqali yanada boyitildi. Mazkur tadbir yoshlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni raqamli makonda hushyor va mas’uliyatli bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Institutda bu kabi profilaktik tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish kelgusida ham kiberxavfsizlikni ta’minlash, yoshlarni turli axborot tahdidlaridan himoya qilishga xizmat qiladi.

 

5467606493411610552_121.jpg

5467606493411610549_121.jpg

5469917074147708209_121.jpg

5467606493411610553_121.jpg

5467606493411610554_121.jpg

5469917074147708212_121.jpg