Mazkur tadbir doirasida Eron Islom Respublikasining tarixiy-madaniy markazi hisoblangan Isfahon shahridan tashrif buyurgan usta-hunarmand Mr. Ayoubi ishtirokida mahorat darslari tashkil etdi.
Uchrashuv jarayonida mehmon an’anaviy misgarlik va kashtachilik san’atiga oid noyob amaliy-badiiy namunalarni taqdim etdi hamda ularni tayyorlash, shakl berish va badiiy bezash texnologiyalari haqida ilmiy-amaliy ma’lumotlar berdi. Tadbirda institut rahbariyati, “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar.
Ilmiy-amaliy uchrashuv amaliy mahorat darsi va savol-javoblar shaklida o‘tib, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, an’anaviy amaliy san’atni zamonaviy talqinda o‘rganish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.