2026-yil fevral oyidan boshlab  institutimizda “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni”, “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzularida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur mavzular doirasida tashkil etilgan bugungi uchrashuv talaba-yoshlar ongida milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash, diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlarining mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglashga yo‘naltirish, ularni turli yot g‘oyalardan asrash hamda jamiyatda inson qadri va huquqlarining ustuvorligini keng targ‘ib etishga qaratildi.

Tadbirda O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi katta o‘qituvchisi Hakimov Azizxon Asrorovich ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Spiker o‘z nutqida yoshlarni ilm-ma’rifatga intilish, mustaqil fikrlash hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim vazifa ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar oldilar. Tadbir samimiy va ko'tarinki ruhda o‘tib, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi

5362024506374952552_121.jpg

5362024506374952553_121.jpg

5362024506374952554_121.jpg

5359339404490644106_121.jpg

5362024506374952555_121.jpg

5362024506374952556_121.jpg