Uchrashuvda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar hamda hamkor tashkilotlardan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etib, unda giyohvandlik , narkojinoyat hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olish, narkotik va psixotrop moddalar iste’molining salbiy oqibatlari, diniy ekstremizmga qarshi kurash mavzularida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida giyohvandlikka qarshi kurash, narkojinoyat hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olish mavzularida institut talabalari o'rtasida ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish hamda tanlovga kelib tushgan eng sara ishlarni jamlab, Mirobod tumanidagi ta'lim muassasalarida ko'rgazmalar tashkil qilish masalalari kelishib olindi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlar ongida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, ularni salbiy illatlardan ogoh etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratildi.