O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o'tkazgan ochiq muloqotida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, huquq-tartibot organlarining alohida nazoratidagi yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish ishlarini mutasaddi idora va tashkilotlar bilan manzilli tashkil etish maqsadida, bugun institutimizga Mirobod tumani IIO FMB boshligʻi, podpolkovnik Ulugʻbek  Nasriddinov boshchiligida tuman IIO FMB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida "Yangi O‘zbekiston Vatanparvar yoshlari" shiori asosida ichki ishlar organlarining  alohida nazoratida turgan yoshlar uchun institutimizning yangi tashkil etilgan "Ko'rgazmalar zali", yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlik hamda qurol-yarog‘ning noqonuniy aylanishi va unga qarshi turishni  shakllantirish maqsadida, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan  “Tasviriy san’at ishlari” tanloviga kelib tushgan talabalarimiz ishlaridan iborat ko'rgazma hamda o'quv-ustaxonalaridagi ijodiy jarayonlarga ekskursiya tashkil etildi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, balki ularning qalbida san’atga muhabbat uyg‘otish va to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashlariga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, yoshlarni ezgu g‘oyalar atrofida birlashtirish va ularga ijodiy muhitni ko‘rsatish — sog‘lom jamiyat poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.

5357520906747582295_121.jpg

5357520906747582296_121.jpg

5357520906747582297_121.jpg

5357520906747582298_121.jpg

 

5357520906747582300_121.jpg

5357520906747582301_121.jpg

5357520906747582302_121.jpg

5357520906747582303_121.jpg

5357520906747582304_121.jpg