Talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda mutolaa orqali ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida talabalarimiz uchun ijodiy uchrashuv tashkil etilib, unda mehmon sifatida Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi asoschisi Sirojidin Olimov mehmon sifatida ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida mehmon tomonidan kitobxonlikning shaxs kamolotidagi o‘rni, muntazam mutolaaning tafakkur va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati, yoshlar orasida o‘qish madaniyatini shakllantirishning samarali usullari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar, yoshlarni kitobga oshno etish bo‘yicha amaliy tajribalar ham taqdim etildi.

Mazkur ijodiy uchrashuv jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kitob tanlash, o‘qish motivatsiyasi va shaxsiy rivojlanish borasida tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

photo_2026-02-26_20-28-03 (2).jpg

photo_2026-02-26_20-28-04.jpg

photo_2026-02-26_20-28-04 (2).jpg

photo_2026-02-26_20-28-04 (3).jpg

photo_2026-02-26_20-28-04 (4).jpg

photo_2026-02-26_20-28-04 (5).jpg

photo_2026-02-26_20-28-04 (6).jpg

photo_2026-02-26_20-28-08.jpg

photo_2026-02-26_20-28-08 (2).jpg