Bugun institutimiz hovlisida ko‘tarinki kayfiyat va o'zgacha bahoriy muhit hukm surdi. Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan institut xodimlari, professor-o'qituvchilar hamda xorijiy va mahalliy mehmonlar uchun "Navro'zni ulug'lash - insonni ulug'lash" shiori ostidagi bayram sayli tashkil etildi. Tadbirga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati, Mahalliy hokimlik vakillari, xorijiy va mahalliy hamkor tashkilotlarning rahbarlari ham tashrif buyurib, institutimizda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar bilan birgalikda milliyligimiz va qadriyatlarimiz belgisi bo'lgan Navro'z saylida ishtirok etishdi.

Tadbirni institutimiz rektori Omonulla Salixov va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov birgalikda ochib berishdi hamda  mehmonlar va institut jamoasiga o'zlarining bayram tabrigi va samimiy tilaklarini bildirishdi.

Navro'z sayliga yig'ilgan mehmonlar va institut jamoasi bayram dasturxoniga taklif etilib, barchaga Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan tayyorlangan osh  tortiq etildi.  

Shuningdek, tadbir mehmonlari institutimiz iqtidorli talabalari va  taniqli san'atkorlar tomonidan tayyorlangan ma'naviy-ma'rifiy dasturlarni tomosha qilib, yanada yuqori bayram kayfiyatini his etishdi.

Xulosa o'rnida aytganda, bugungi bayram sayli nafaqat bahoriy yangilanish ayyomi, balki institutimizdagi ahillik, san’atga bo‘lgan yuksak ehtirom va milliy qadriyatlarimizning barhayotligini namoyish etgan unutilmas voqea bo‘ldi. Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va hamjihatlik ramzi sifatida barchamizni bir ezgu maqsad yo‘lida birlashtirishda davom etadi.

5368822017970345259_121.jpg

5368822017970345254_121.jpg

5368822017970345261_121.jpg

5368822017970345258_121.jpg

5368822017970345252_121.jpg

5368822017970345255_121.jpg

5368822017970345268_121.jpg

5368822017970345256_121.jpg

5368822017970345266_121.jpg

5368822017970345287_121.jpg

5368822017970345263_121.jpg

5368822017970345289_121.jpg

 

5368822017970345296_121.jpg

5368822017970345291_121.jpg

5368665788534953612_121.jpg

5368822017970345293_121.jpg

5368822017970345294_121.jpg

5368822017970345295_121.jpg

5368822017970345290_121.jpg