O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati tashabbusi bilan, bugun institutimizda Badiiy akademiya va institutimiz rahbariyati hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilayotgan "Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokama qilindi.
Muhokama majlisini O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova olib borib, dastlab ular tomonidan 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son qarori ijrosi yuzasidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar berib o'tildi.
Shundan so'ng, 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilayotgan "Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi majlis ishtirokchilariga tanishtirilib, mazkur loyiha bo'yicha Badiiy akademiya akademiklarining fikr va mulohazalari tinglandi.
Majlis davomida yig'ilganlar tomonidan tizim rivoji uchun muhim bo'lgan ko'plab taklif va tashabbuslar ilgari surilib, yurtimizda tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn sohalarini yanada rivojlantirish va Badiiy ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha ishlab chiqilayotgan qaror loyihasini yanada rivojlantirish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.