Bugun institutimizning Dizayn fakulteti faollar zalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Dilafruz Qurbonova tomonidan Dizayn fakulteti xodimlari va professor-o‘qituvchilari uchun “Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish” mavzusida ilmiy seminar o'tkazildi.

Seminar davomida ilmiy va innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi asosiy hujjatlar, jumladan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 133-son Qarori hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi mexanizmining mazmuni va amaliy ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar, davlat buyurtmasi doirasida loyihalarni shakllantirish, muhokama qilish hamda yagona elektron platforma orqali qabul qilish va moliyalashtirish bosqichlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Mazkur ilmiy seminar professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy loyihalarni tayyorlash va davlat grantlarida ishtirok etishda muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.

photo_2026-01-09_00-07-49 (2).jpg

photo_2026-01-09_00-07-49 (3).jpg

photo_2026-01-09_00-07-50 (2).jpg

photo_2026-01-09_00-07-50.jpg