Bugun institutimiz Anjumanlar zalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov, Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi Xasan Djurayev, Tasviriy san'at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazov hamda O'zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti Po‘latov Javdat Abdujabborovichlar tomonidan Tasviriy sa’nat fakulteti xodimlari va professor-o‘qituvchilari uchun yoshlar ongini turli xil yot g'oyalar, radikal qarashlardan himoya qilish, milliy urf- odatlar va qadriyatlarimizni asrab avaylash maqsadida "Radikallashuv jarayonining psixologik omillari" va "Milliy urf- odatlarimiz va qadriyatlarimizni asrash hamda yot g'oyalarga qarshi kurashish" mavzusida seminar o'tkazildi.
Mazkur o'quv-seminar institut xodimlari va professor-o'qituvchilarining yosh avlodni tarbiyalashdagi salohiyati hamda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan bo'lib, jarayon tasdiqlangan reja-grafik asosida hafta yakuniga qadar davom etadi.