Bugun institutimizning San'atshunoslik va amaliy san'at fakultetida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Jamshid Rashidov tomonidan "HEMIS axborot-tizimidan samarali foydalanish va belgilangan tartiblar" hamda "O'quv dasturlarini TOP-300 oliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturlari asosida maqbullashirish amaliyoti" mavzularida o'quv-seminar o'tkazildi.
Mazkur o'quv-seminar professor-o'qituvchilarning o'quv jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida olib borish tajribasi, yosh avlodni tarbiyalashdagi pedagogik mahorati hamda sohaga oid ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, jarayon tasdiqlangan reja-grafik asosida hafta yakuniga qadar davom etadi.