Bugun institutimizning barcha fakultetlarida prorektorlar, mas'ul xodimlar hamda tegishli yo'nalishlar bo'yicha taklif etilgan mutaxassislar tomonidan professor-o'qituvchilar uchun o'quv-seminarlar tashkil etildi. Jumladan:
Tasviriy san'at fakultetida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Jamshid Rashidov va Registrator ofis boshlig'i Farhod Azimovlar tomonidan "HEMIS axborot-tizimidan samarali foydalanish va belgilangan tartiblar" hamda "O'quv dasturlarini TOP-300 oliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturlari asosida maqbullashirish amaliyoti" mavzularida;
San'atshunoslik va amaliy san'at fakultetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Dilafruz Qurbonova tomonidan “Ilmiy faoliyat va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga oid asosiy huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda davlat dasturlari” mavzusida;
Dizayn fakultetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov, Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi Xasan Djurayev hamda O'zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professori, Psixologiya fanlari doktori Akramov Mirmuxsin Rustamovichlar tomonidan "Institutning odob-axloq kodeksi", "Yoshlar bilan ishlashda pedagogik-psixologik yondashuvlar" hamda yoshlar ongini turli xil yot g'oyalar, radikal qarashlardan himoya qilish, milliy urf- odatlar va qadriyatlarimizni asrab avaylash maqsadida "Radikallashuv jarayonining psixologik omillari" va "Milliy urf- odatlarimiz va qadriyatlarimizni asrash hamda yot g'oyalarga qarshi kurashish" kabi mavzularda o'quv-seminarlar o'tkazildi.
Mazkur o'quv-seminarlar professor-o'qituvchilarning o'quv jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida olib borish tajribasi, yosh avlodni tarbiyalashdagi pedagogik mahorati hamda sohaga oid ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo'lib, jarayon tasdiqlangan reja-grafik asosida hafta yakuniga qadar davom etadi.