Bugun institutimizda bilim, mantiq va tezkor tafakkurni sinovdan o‘tkazuvchi Zakovat intellektual o‘yini bo'yicha “Rektor kubogi” turniri yakunlandi. Final bahslari nihoyatda murosasiz va qizg‘in kechdi. Har bir jamoa o‘zining bilim-salohiyati, fikrlash tezligi hamda jamoaviy uyg‘unligi bilan g‘alaba uchun kurash olib bordi.
Finalda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib kelgan 9 ta jamoa kuch sinashib, yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan quyidagi jamoalar g'oliblikni qo‘lga kiritdi:
1️⃣San'atshunoslik va amaliy san'at fakultetining “Smart Generation” jamoasi;
2️⃣Dizayn fakultetining “Intellekt” jamoasi;
3️⃣San'atshunoslik va amaliy san'at fakultetining “Artefakt” jamoasi.
Turnir barcha ishtirokchilar uchun nafaqat raqobat maydoni, balki do‘stlik, bilim almashinuvi va intellektual o‘sish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. G‘olib jamoalarni bugungi yutuqlari bilan tabriklagan holda, kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz!