Yig‘ilish davomida kun tartibidan o‘rin olgan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tartibini o‘tkazish to‘g‘risida” 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoniga asosan census.stat.uz sayti orqali institut professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlar va talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish holati;
2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestr yakuniy nazoratlarning o‘tkazilish holati;
Navbatdagi Institut Kengashi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish;
2025/2026 o‘quv yili bahorgi semestri boshlanishidan oldin talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalarni qabul qilish holati hamda shu kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha mas'ullarga vazifalar belgilanib, ijrosini sifatli ta'minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.