Bugun institutimizda 2026–2027-o‘quv yilining kuzgi semestri uchun "Shamsiro‘y Hasanova" nomidagi institut stipendiyasiga munosib talabgorlarni aniqlash maqsadida saralash bosqichi tashkil etildi.

Tanlov iqtidorli talaba-yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohalaridagi yutuqlarini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, joriy saralash bosqichida 9 nafar talaba ishtirok etish uchun hujjat topshirdi.

Saralash jarayoniga institutimizning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilafruz Qurbonova raislik qildi. Komissiya a’zolari talabgorlarning hujjatlari, ilmiy maqolalari, ijodiy ishlari va akademik ko‘rsatkichlarini o‘rganib, ular bilan suhbat o‘tkazish orqali kasbiy salohiyati hamda erishgan yutuqlarini baholadilar.

Talabgorlar respublika va xalqaro ko‘rgazmalardagi ishtiroki, so‘nggi yillarda erishgan ijodiy yutuqlari hamda ilmiy-nazariy izlanishlari haqida ma’lumot berib, o‘z imkoniyatlarini komissiya a’zolariga taqdim etdilar.

5413816052413570352_121.jpg

5413816052413570355_121.jpg