Bugun institutda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish, talaba-qizlarni turli zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.  Davra suhbati Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaqorlashtirish bo’yicha rektor maslahatchisi Xasan Djurayev, Institut profilaktika inspektori, katta leytenant Jasur Mambetov, shuningdek, mutaxassislar Mirobod tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik Gulyamova Gavhar Alisherovna hamda Mirobod tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalasi bo’yicha kata inspektori, leytenant Mirsobitova Dildoralar tomonidan olib borildi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan talaba-qizlar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining huquqiy, psixologik, axloqiy hamda kasbiy jihatlari, shuningdek, bunday holatlarning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Mazkur davra suhbati ta’lim muassasasida sog‘lom, xavfsiz va o‘zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash, talaba-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi. 

5321249396831753942_121.jpg

5321249396831753943_121.jpg

5321249396831753944_121.jpg

5321249396831753948_121.jpg

5321249396831753946_121.jpg